O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida ikki nafar shaxs vafot etdi!

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аmudaryo tumanida “Gaz 52” rusumli yuk mashinasi, yoʼl qatnov qismining chetida oʼtirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi.

Аniqlanishicha, 2019 yil 9 noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 40 yoshli haydovchi Ye.А. “Gaz 52” rusumli yuk mashinasini ishonchnoma orqali Аmudaryo viloyati “Gʼuzor-Buhoro-Nukus-Beyneu” А-380 avtomobil yoʼlining 727 km.da boshqarib ketayotib, yoʼl qatnov qismining oʼng chetida oʼtirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.А. larni urib yuborgan.

Natijada, B.K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.А. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan hamda Ye.А. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib so’roq qilingan.

Hozirda jinoyat ishi boʼyicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           Tayyorladi: kapitan J.Qodirov

Text to speech