Toshkent viloyatida ikki nafar yosh yigitlar “Damas” avtomashinasini olib qochishdi.
Olmaliq. 2020 yil 06 fevral' kuni soat 10:00 dan 17.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs fuqaro 31 yoshli S.X.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini Olmaliq shahar Oltin zamin ko‘chasidagi uylarning yonidan olib qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli B.G. va 17 yoshli Yo.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, olib qochilgan avtomashinani Ohangaron tumani hududida boshqarib ketayotganlarida, YPH xodimining to‘xtash ishorasiga rioya qilmasdan harakatni davom ettirib, haydovchining malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli YPH avtomashinasi bilan to‘qnashib ketib, olib qochilgan avtomashina yo‘lining chetidagi ariqqa tushib ketishi natijasida to‘xtagan.
Jinoyat ishi bo‘yicha B.G. va Yo.T.lar prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov dapartamenti.