O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nabira buvisini tunadi

2018 yil 6 sentyabr kuni soat taxmina 09:00da, fuqaro R.M. Andijon viloyat Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi buvisi nafaqaxo‘r T.E.ning uyi yotoqxonasidagi sandiq ichidan 4.400 AQSH dollari va 2.700.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, uyidan chiqib ketayotganda T.E. uni ko‘rib qolib qarshilik ko‘rsatgan vaqtida R.M. uning yuziga qo‘li bilan urib, pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 7 sentyabr kuni R.M. ushlanib, undan pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech