Haydovchi o‘zi va yo‘lovchilarning hayotiga javobgardir!
Tergov departamenti ma’lum qiladiki: joriy yilning 29 oktabr kuni soat taxminan 12:00 da Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Oqqishloq MFY, Qizilsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.A. “UAZ 469” rusumli avtomashinasini “Qiziltepa-Langar” yo‘lining Qiziltepa yo‘nalishi bo‘yicha, 6 nafar yo’lovchilari bilan Qamashi tumani, Elobod MFY, Katta tol qishlog‘i hududida boshqarib kelayotgan vaqtida, yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib yo‘l transport hodisasi sodir qilganligi aniqlangan.
Ushbu mudxish hodisa oqibatida avtomashinaning oldi yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan fuqaro Sh.A. shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay vafot etgan. Haydovchi S.A. va boshqa yo‘lovchilar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 29 oktabr kuni Qashqadaryo viloyat Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Terogov departamenti