O’g’ri do’konni tunadi
2019 yil 11 yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi, noma'lum shaxs Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanida joylashgan, fuqaro Q.O.ga tegishli savdo do’koniga eshik qulfini buzish yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 8.950.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va qiymati 100.000 so’mlik “Voucher” to’lov kartalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti