O’g’ri qo’shnisi bo’lib chiqdi
2018 yil 19 oktyabr kuni, noma'lum shaxs Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro K.Sh.ning uyiga devordan oshib o’tish orqali ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan jami 3.000.000 so'mlik tilla taqinchoqlar, 1.000 AQSh dollari va 1.800.000 so’m miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni K.Sh.ning qo’shnisi M.A. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti