O’g’ri qo’shnisi bo’lib chiqdi
2019 yil 25 yanvardan 26 yanvarga o’tar kechasi noma'lum shaxs Farg’ona viloyat Uchko’prik tumanida yashovchi fuqaro U.M.ning uyiga devor oshish yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 21.000.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti