O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahridagi ulgurji bozorida sodir etilgan talonchilik holati yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

2018 yil 30 sentyabr kuni soat taxminan 21:30da, noma'lum shaxs Bektemir tumanida joylashgan “Toshkent qishloq xo'jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ poliz mahsulotlari savdo rastasida fuqaro X.N.ga tegishli bo'lgan bozor sumkasidan 1.000.000 so'm pulini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo'lgan joydan yashiringan.

1 oktyabr kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam talonchilik jinoyati bo`yicha sudlangan A. B. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «а» bandi bilan (talonchilik, ya’ni xafvli retsidivist tomonidan o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech