O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2018 yil 19 oktyabr kuni soat taxminan 00:05da, fuqaro Q.X. Farg’ona viloyati  Farg’ona shahri hududida fuqaro T.E. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning ko`krak sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada T.E. kasalxonaga yotqizilgan. Q.X. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech