Tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
2019 yil 23 fevral kuni soat taxminan 12:30 da, fuqaro Q.Sh. Toshkent shahar Shayxontohur tuman hududida bo’la turib, fuqaro T.S. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada T.S. kasalxonaga yotqizilgan. Q.Sh. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti