O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2019 yil 26 avgust kuni soat taxminan 01:00 da, fuqaro B.A. Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani hududida fuqaro N.Sh. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada N.Sh. kasalxonaga yotqizilgan. B.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech