O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’z farzandini sotgan onaga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2019 yil 10 iyun kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro T.O’. Toshkent shahar Yashnobod tuman hududida o’zining 24.06.2018 yilda tug'ilgan farzandini 4.500 AQSh dollari evaziga “A” ismli shaxsga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech