O’z farzandini sotgan onaga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
2019 yil 2 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.N. Xorazm viloyat Urganch shahri hududida o’zining 20.08.2019 yilda tug'ilgan farzandini 6.000.000 so’m evaziga “S” ismli shaxsga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti