Transport vositasini olib qochish holati yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi
2018 yil 7 noyabr kuni soat taxminan 00:15da, noma’lum shaxs Farg’ona viloyati Farg’ona shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro M.M.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro O’.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti