Fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo. Bandixon tumanida yashovchi 49 yoshli B.E., “Baxt Diyorbek shans” fermer xo‘jaligi rahbari lavozimida ishlagan vaqtida, 51 yoshli O‘.Q. bilan jinoiy til biriktirib, ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli 138-dala konturidan 3 nafar fuqarolarga jami 69 sotix yer maydonini ajratib berishni, ulardan 1.500 AQSh dollari va 71.000.000 so‘m pullarni olib, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Bandixon tuman bo‘limidagi tanishi 35 yoshli I.N. orqali tomorqa sifatida rasmiylashtirib berishni va'da qilib, olgan pullardan 600.000 so‘mini kadastr hujjatlarini tayyorlab berish uchun I.N., ga berib, tomorqalarni rasmiylashtirib bermasdan, qolgan pullarni o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan B.E., O‘.Q. va I.N., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Bandixon tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti