Giyohandlik vositalari qonunga xilof ravishda saqlanganligi aniqlandi
2019 yil 6 yanvar kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida, Farg’ona viloyat O’zbekiston tumanida yashovchi fuqaro A.T.ning uyi ko'zdan kechirilganda, u o’z uyida umumiy og’irligi 14 kilogramm 841 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti