O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasi qonunga xilof ravishda saqlanganligi aniqlandi

2018 yil 8 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar davomida, Farg’ona viloyat Qo’qon shahrida yashovchi fuqaro M.A.ning uyi ko'zdan kechirilganda, u o’z uyida umumiy og’irligi 2 kilogramm 584 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech