O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasi qonunga xilof ravishda saqlanganligi aniqlandi

2019 yil 5 mart kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent viloyat Ohangaron tuman hududida fuqaro A.X. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 1 kilogramm 255 grammga teng «marixuana» giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech