O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchi ushlandi

2018 yil 19 sentyabr kuni soat taxminan 09:30da, noma’lum shaxs Toshkent viloyat Bo’ka tuman hududida fuqaro D.D.ning qo’lidan ichida 100.000 so’m puli va bahosi 800.000 so’mlik “Samsung” rusumli telefon apparati bo’lgan hamyonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

21 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyat A.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech