O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Telefonni olib qochgan talonchi qo'lga tushdi

2018 yil 11 sentyabr kuni soat taxminan 00:30da, fuqaro D.T. Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Do'stlik” bozori oldida fuqaro A.A.ning “Iphone” rusumli telefonini qo'ng'iroq qilib olish bahonasida olib, unga qaytarib bermasdan hodisa joyidan yashiringan.

12 sentyabr kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan D.T. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech