Giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxs qo’lga olindi
2018 yil 11 oktyabr kuni Farg’ona viloyati Buvayda tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tezkor tadbiri davomida fuqaro X.Z. yashash manzilida 3 tup “nasha” o’simligini ekib yetishtirib, uyi omborxonasida 1 kilogramm 21 grammga teng “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda ko’p miqdorda tayyorlash, saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti