O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Do‘kondan o‘g‘irlik sodir etgan o‘smir ushlandi

Andijon. 2020 yilning 14 martdan 15 martga o‘tar kechasi, 20 yoshli L.O‘, Andijon tumani Orol mahallasida joylashgan, fuqaro S.U., ga tegishli savdo do‘koniga eshik qismini qirqish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kon ichidan 60.100.000 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. L.O‘., ashyoviy dalillar bilan prosessual tartibda ushlangan va ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV hzuridagi Tergov departamenti

Text to speech