Tergovchiga pora taklif qilgan shaxs ushlandiTergovchiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati. 2020 yilning 18 mart kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi yuzasidan tuzilgan tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi bir necha fuqarolarni yashash uylari va yordamchi xoʼjaliklarida oʼtkazilayotgan tintuv tergov harakati davomida Paxtachi tumani “Zarafshon” mahallasi, “Istiqlol” koʼchasida yashovchi 43 yoshli Z.J., ni yashash uyidan tarkibida oltin moddasi boʼlishi mumkin boʼlgan 950 kilogram toshlar borligi aniqlanib, jinoyat ishi boʼyicha tergov guruhiga jalb qilingan Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirib olinayotgan vaqtda fuqaro Z.J., tergovchiga holatni rasmiylashtirmaslikni, buning evaziga 500 АQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida berishini taklif qilgan, lekin tergovchi unga bu harakati noqonuniyligi, pora olish-berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan fuqaro Z.J., 500 АQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini takroran maʼlum qilgan.
Tergovchi oʼzining uyali aloqa vositasiga Z.J., bilan oʼrtalarida boʼlib oʼtgan suhbatni yozib olgan va uni DVD diskka koʼchirib, Z.J.,ga nisbatan qonuniy chora koʼrishlikni soʼrab, viloyat IIB boshligʼining nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur bildirgi asosida 2020 yil 18 mart kuni taxminan soat 15:00 larda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Oʼz xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyat boʼyicha boʼlimi xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z.J., Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi xodimlarini xizmat xonasida 7.000.000 soʼm miqdoridagi pullarni tergovchiga pora tariqasida bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro Z.J.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.