Gaz toʼpponchasini qoʼllab, jarohat yetkazgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo. 2020 yilning 07 iyunь kuni soat 14:00 da, Koson tumanida yashovchi fuqaro H.P., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, S.R.,ning yashash uyi oldida hech bir sababsiz «nega menga bunday qaraysan» deb, oldiga borib, haqorat qilib, oʼzining bezorilik harakatlarini davom ettirib, yonida boʼlgan «Makarov» koʼrinishidagi, “MR-654K Sal.4,5mm” gaz toʼpponchasi qoʼllash bilan qoʼrqitib, qurol sifatida foydalanib, S.R.,ga qarata bir necha marotaba oʼq uzib, uni oʼng quloq sohasiga tan jarohati yetkazib, toʼpponchaning qoʼndogʼ qismi bilan esa S.R.,ning bosh sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.
Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan H.P.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida H.P., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti