O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bozorda oʼz tanishiga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi  

Fargʼona. 2020 yilning 27 iyunь kuni soat 12:00 da fuqaro 21 yoshli I.T., Fargʼona shahar markazida joylashgan dehqon bozori hududida savdo qilayotgan vaqtida tanishi 35 yoshli Z.Sh., oldiga kelib, hech bir sababsiz uning qoʼllarini qayirib, qoʼlida boʼlgan qiymati 2.100.000 soʼmlik “Samsung Galaxy A40” rusumli uyali aloqa vositasini tortib olib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida talonchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritilgan “Samsung Galaxy A40” rusumli uyali aloqa vositasi Z.Sh., ning yashash xonadonida ekanligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Z.Sh., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun besh yildan oʼn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech