Giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
2018 yil 26 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” blok posti orqali Toshkent shahriga harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina to’xtatilib, avtomashina yo’lovchisi K.A.ning o’zini tutishi hodimlarda shubha uyg’otganligi sababli uning egnidagi kiyimlari tekshirilganda, u og’irligi 5,58 grammga teng bo’lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti