O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xavfli retsidivist qo’lga olindi

2018 yil 3 noyabrdan 4 noyabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida yashovchi fuqaro S.B.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidan ikki bosh qoramolini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni xavfli retsidivist X.B. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini xavfli retsidivist tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech