O’ta xavfli retsidivist qo’lga olindi
2018 yil 20 oktyabr kuni soat taxminan 23:00da, noma’lum shaxs Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro R.N.ning uyi yo’lagida qarovsiz qoldirilgan, umumiy qiymati 4.000.000 so’mlik ikki dona velosipedlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni o’ta xavfli retsidivist M.R. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini o’ta xavfli retsidivist tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti