Zargarlik buyumlari o’g’risi ushlandi
2018 yil 17 dekabr kuni soat taxminan 11:00da, noma'lum shaxs Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro K.G.ning uyiga kalit tanlash yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan umumiy bahosi 2.800.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.B. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti