O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Zargarlik buyumlari o’g’risi qo’lga olindi

2019 yil 2 mart kuni soat taxminan 19:00 dan 20:30 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma'lum shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro K.A.ning uyiga kalit tanlash yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan umumiy qiymati 20.000 AQSh dollariga teng bo’lgan zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro U.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o’g’rilik, ya'ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda juda ko’p miqdorda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech