O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qurilish uskunalari oʼgʼrisi ushlandi

Surxandaryo. 2020 yilning 30 mart kuni, Termiz tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidruv ishlari natijasida, 42 yoshli S.B. joriy yilning feval oyda 32 yoshli U.X., ning uyga gʼayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 920.000 soʼmlik qoʼrilishda ishlatiladigan uskunalarni yashirin ravishda talon-taroj qilganligi anqilangan.

Bundan tashqari joriy yilning 23 mart kuniga oʼtar kechasi S.B. 27 yoshli O.B., ning uyga yashirin ravishda kirib. U yerdan xam umumiy narxi 950.000 soʼmlik qoʼrilishda ishlatiladigan uskunalarni oʼgʼirlab qilib, xodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomnidan S.B. ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib bormoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech