Chaqalogʼini sotayotgan ona qoʼlga olindi
Fargʼona. 2020 yilning 01 sentyabrь kuni IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, 24 yoshli G.S., (ayol) voyaga yetmagan 1 yoshli farzandi Sh.T., ni 1.500 АQSh dollariga sotishga kelishib, Fargʼona shahar Sh.Rashidov koʼchasida farzandi uchun kelishilgan puldan 500 АQSh dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan hamda undan oʼrnatilgan tartibda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. G.S., mazkur jinoyat ishi boʼyicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti