
Firibgar ayol qo’lga olindi
2018 yil 27 mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro Q.G. tanishi A.A.ga o’z uyini 55.000 AQSh dollariga sotishga va’da berib, buning evaziga undan dastlabki to’lov sifatida 18.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, valyuta qimmatliklarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti