Oshxonadagi seyfni tunagan shaxs ushlandi
Samarqand. 2020 yil 02 may kuni fuqaro 60 yoshli B.А., Jomboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida 2020 yil 27 aprelь kunidan 28 aprelь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Jomboy tumani Beruniy koʼchasida joylashgan oshxonasida hech kim yoʼqligi hamda oshxonaning akfa derazasi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirib, oshxonada turgan temir seyf eshigini buzib, ichidagi 2.830.000 soʼm va 1 АQSh dollari kupyurasidagi jami 65 АQSh dollari miqdoridagi naqd pullari hamda umumiy bahosi 24.170.000 soʼmlik har xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlarini oʼgʼirlab ketganligini, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʼrish va talon-toroj qilingan narsalarini topishda amaliy yordam berishni soʼragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi 25 yoshli J.Oʼ., sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar tilla zanjiri, 1.570.000 soʼm, bir dona 20 АQSh dollari, ikki dona 2 АQSh dollari, olti dona 1 АQSh dollari miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti