O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qonun posboniga pora taklif qilgan shaxs ushlandi.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi xodimi, 2020 yil 03 fevral kuni tuman IIB boshligʼi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda oʼzining ish yurituvida Kasbi tumani “Xoʼjaxayron” mahallasida yashovchi fuqaro 34 yoshli S.X.ning uyidagi somonxonasida noqonuniy ravishda qoʼlbola usulda yasalgan juvoz uskunasini oʼrnatib paxta chigitidan yogʼ va shrot yemi ishlab chiqarayotganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari borligini, tekshiruv jarayonida S.X. undan oʼziga nisbatan qonuniy chora koʼrmaslik va jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilishini soʼrab, evaziga jami 6.000.000 soʼm miqdorida pora taklif qilayotganligini bildirib, S.X.ga nisbatan qonuniy chora koʼrishlikni soʼragan.

Shu bildirgiga asosan 2020 yil 03 fevral kuni soat 21-35 da IIV Oʼz xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani boʼlimi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.X. pora sifatida taklif qilgan jami 7.500.000 soʼm va 200 АQSh dollarini xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan va pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech