Talonchilar qo’lga olindi
2019 yil 7 yanvar kuni soat taxminan 13:40 da, ikki nafar noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirobod tuman hududida fuqaro Z.V.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning 100.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va “RedMi” rusumli uyali telefonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.O. va M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti