Talonchilar qo’lga olindi
2019 yil 7 avgust kuni soat taxminan 00:30 da, fuqaro M.A., M.Sh. va Y.O.lar Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman hududida fuqaro I.K.ning qo’lidan “Huawei” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashirinishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida fuqaro M.A., M.Sh. va Y.O.lar ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti