O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilar qo’lga olindi

2019 yil 4 fevral kuni soat taxminan 19:20 da, to’rt nafar noma’lum shaxslar Qashqadaryo viloyat Qarshi shahri hududida fuqaro A.U.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning 505.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va “IPhone” rusumli uyali telefonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro K.A., A.Sh., N.E. va Sh.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech