Talonchilar qo’lga olindi
2019 yil 22 iyun kuni soat taxminan 03:00 da, uch nafar noma’lum shaxslar Toshkent shahar Chilonzor tuman hududida fuqaro M.A.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning “Samsung” rusumli uyali telefoni va 50.000 so’m miqdoridagi pul mablag’larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashirinishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro V.A., D.E. va A.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti