50.000 AQSh dollariga aldagan firibgarlar ushlandi
Qashqadaryo. 2019 yilning aprel' va may oylari davomida 39 yoshli A.E., o‘zining otasi N.E. va qarindoshi M.X., lar bilan jinoiy til biriktirib, o‘zaro jinoiy reja tuzib, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro X.M., Toshkent shahridan kuchmas mulk sotib olish niyati borligidan xabar topib, uning pullarini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishni ko‘zlab, jinoiy sheriklari - otasi N.E. va qarindoshi M.X., larning yordamidan foydalanib, X.M., ga Toshkent shahridagi metro bekati yaqinida joylashgan ko‘p qavatli binoning 1-qavatidagi noturar joyni 50 ming AQSh dollari evaziga sotib olishda yordam qilishlarini va'da qilib, aldab, X.M., dan 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni bo‘lib-bo‘lib, Chiroqchi tumani markazi va Toshkent shahrining turli joylarida olib, noturar joyni sotib olishda hech qanday amaliy yordam ko‘rsatmasdan, X.M,ning ishonchini suiiste'mol qilib, qo‘lga kiritgan pullarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.
Mazkur xolat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.E. va M.X.,lar ayblanuvchi tariqasida jab qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti