O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqaroni avval oʼgʼirlab soʼng unga bosqinchilik qilganlar ushlandi

Namangan. 2020 yilning 11 avgust kuni soat 16:00 da 40 yoshli А.K., 39 yoshli R.K., 23 yoshli А.K., 35 yoshli B.B., 33 yoshli S.А. va 30 yoshli J.А., lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Namangan shahri I.Karimov koʼchasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat koʼrsatish ustaxonasiga kelishib, oʼzganing mulkini bosqinchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, shu yerda ishlovchi oʼzlariga oldindan tanish boʼlgan 28 yoshli Sh.Q., dan 95.000.000 soʼm qarzini berishni talab qilishib, hech bir sababsiz uni badanining turli joylariga qoʼli va oyoqlari bilan urib doʼpposlab, Sh.Q.,ni “Jentra” rusumli avtomashinaga yuklab, uni oʼgʼirlab Namangan shahri, Ziyonur koʼchasida joylashgan qurilishi tamomlanmagan binoga olib borishib, u yerda Sh.Q.ga sogʼligʼi uchun xavfli boʼlgan zoʼrlik ishlatib, urib-doʼpposlab yonida boʼlgan 5.000.000 soʼm miqdoridagi pullarini bosqinchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (odam oʼgʼirlash) va 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) hamda 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar ushlanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech