O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O'z bolasini sotgan shaxs qo'lga olindi

2018 yil 9 sentyabr kuni soat taxminan 15:00da, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Yashnobod tuman hududida fuqarolar I.Z., I.M. va A.Yu. ismli shaxslar o'zaro jinoiy til biriktirib, I.Z. o'zining 28.08.2018 yil tug'ilgan qiz farzandini 8000 AQSh dollari evaziga arizachilar G.M va L.T.larga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech