Xorijlikning yuk mashinasidan dizelь yoqilgʼisini oʼgʼirlaganlar ushlandi
Qashqadaryo. 2020 yilning 04 aprelь kunidan 05 aprelь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar Gʼuzor tumani Mustaqillik MFYda joylashgan toʼyxona oldida, Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 24 yoshli А.S., tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Scania” rusumli yuk avtomashinasining yoqilgʼi saqlash baki qulfini buzib, 300 litr dizelь yoqilgʼi tortish moslamasi (nasosini) oʼgʼirlab ketgan.
Koʼrilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni 23 yoshli Sh.T., 20 yoshli А.Q. va 22 yoshli J.E.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Gʼuzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomnidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Sh.T., А.Q. va J.E., lar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti