O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoramol o’g’rilari ushlandi

2018 yil 10 oktyabrdan 11 oktyabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyat Koson tumanida yashovchi fuqaro X.A.ning uyi oldidan uning bir bosh qoramolini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro M.G’. va M.Sh.lar sodir etganligi aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech