Qoramol o’g’rilari ushlandi
2019 yil 17 yanvardan 18 yanvarga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Samarqand viloyat Bulung’ur tumanida yashovchi fuqaro M.O.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidagi molxonasidan besh bosh qoramolini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro X.S., X.A., I.S. va X.O.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti