Qoramol o’g’rilari qo’lga olindi
2019 yil 5 aprel kunidan 6 aprel kuniga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Farg’ona viloyat Dang’ara tuman hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro E.A.ga tegishli uch bosh qoramollarni o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro X.O. va X.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti