O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘rilikda gumon qilingan 3 nafar yigitlar ushlandi va telefon apparati ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qoraqalpog‘iston. 2020 yil 04 yanvar kunidan 05 yanvar' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Beruniy tumanida yashovchi 37 yoshli D.M.ga tegishli “To‘qimachi” mahallasida joylashgan MChJ hududida turgan temir konteyner ichidagi metall seyfni kalit bilan ochib, ichidagi jami 30.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyijan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini 19 yoshli N.A., 18 yoshli S.A. va 17 yoshli T.S.lar sodir etganliklari aniqlangan hamda ularning har biridan o‘g‘irlangan pullar evaziga sotib olingan "Redmi Note 8" rusumli uyali telefonlar va turli xil kiyim-kechaklar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech