Аvtomashinani olib qochib, uni “echintirgan” shaxslar ushlandi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 24 aprelь kuni 32 yoshli I.X., Chirchiq shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 23 aprelь kunidan 24 aprelь kuniga oʼtar kechasi soat taxminan 02:00 larda Chirchiq shahar Zakovat koʼchasidagi avtoturargohdan nomaʼlum shaxslar “VАZ-11193 LАDА KАLINА” rusumli avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur avtomashina Chirchiq shahar Oqqovoq qoʼrgʼonidan oqib oʼtuvchi Boʼz-suv kanali yoqasidan talon-toroj qilingan holatda topilgan hamda ushbu jinoyatni 29 yoshli M.Z., 21 yoshli E.B. va 23 yoshli D.N., lar sodir etganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir natijasida M.Z., ning yashash xonadonidan olib qochilgan avtomashinaga tegishli boʼlgan 4 dona shina, tom qismidagi yuk tashish uchun moʼljallangan yukkoʼtargich, orqa yukxonasiga oʼrnatilgan gaz balon, avtomashina orqa va old chiroqlari, E.B., ning yashash xonadonidan esa avtomashina yukxonasida boʼlgan 1 dona “perfarator” qurilish uskunasi va avtomashina magnitafoni topilib, oʼrnatilgan tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida M.Z., E.B. va D.N., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti