Foydali mehnat qilmasdan tezda boyishga ishonishning oqibati
Qashqadaryo. Chiroqchi tumanida yashovchi 39 yoshli N.А., tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda MChJ ish yurituvchisi boʼlgan 37 yoshli D.E., unga qoʼshimcha daromad topish uchun ajoyib imkoniyat mavjudligini, buning uchun u 300 АQSh dollarlik ijtimoiy paketni xarid qilib, sayohat qilish uchun qulay imtiyozlarni qoʼlga kiritishi mumkinligini, bundan tashqari agarda N.А., oʼzidan keyin xuddi shuncha toʼlov qiluvchi yana 3 ta hamkor jalb qilsa, ularning har biri uchun 200 АQSh dollaridan jami 600 АQSh dollari mukofot puli olishini hamda yana boshqa jalb qilgan hamkorlar hisobidan ham mukofot puli olish imkoniyati borligini aytib, N.А.,ning ishonchiga kirib, aldov yoʼli bilan undan 290 АQSh dollari pullarni olib, oʼzini ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani boʼyicha IIO FMB 3-sonli IIB TG tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, hozirda jinoyat ishi boʼyicha yana boshqa jabrlanganlar mavjudligi tekshirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti