Omborxona mudiri oʼgʼirlikka qoʼl urdi
Toshkent shahar. Mirobod tumani Yangizamon koʼchasida joylashgan MChJ omborxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan 39 yoshli X.R., korxona tomonidan 2019 yil 01 oktyabr kunidan 2020 yilning 01 iyun kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida, rangli metall – «Latunь» dan ishlab chiqarilgan jami bahosi 116.801.993,5 soʼmlik 14 turdagi mahsulotlarni davomiy ravishda oʼgʼirlab, ularni sotib pullarni oʼz ehtiyojiga sarflagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan X.R., ga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov davomida X.R. JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda koʼp miqdorda oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Ya. aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Jinoyat ishi boʼyicha jami zararning 90.000.000 soʼmi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti